So’nggi yangiliklar

20:43"Пахтакор" - Ўзбекистон кубоги соҳиби! 0 19:06"Тожик бургути" — Нурулло Алиев UFC'даги кейинги жангини дебютантга қарши ўтказади 0 18:45Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси назорат баҳсида Буркина-Фасога ютқазди 0 18:22Эдди Хирн Шаҳрам Ғиёсовнинг Ромерога қарши жанги қачон бўлишини айтди 0 18:01Абдулрашид Садулаев: "Мен Хабиб ва унинг жамоаси билан дўстман, лекин..." 0 17:39Ричард Торрес Мозес Итаумани жангга чорлади 0 17:18Месси спортдаги энг буюк атлетлар ҳақида гапирди 0 16:57Тимофеева Ченнайдаги учрашувни охиригача етказа олмади 0 16:36"Ломаченко билан ҳам музокаралар олиб бораяпмиз". Пакьяо — Мейвезер билан реванш ҳақида гапирди 0 16:15"Тарихдаги энг ёмон PPVлардан бири". UFC 321 турнири танқид қилинди 0 15:54"Реал" айрим футболчилари Алонсо талабларидан норози 0 15:33Ўзбекистон дзюдо федерацияси томонидан Халқаро дзюдо куни кенг нишонланди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 15:12ИНТЕРВЬЮ. Абдумалик Ёрбўтаев — "достойный мужик" қандай бўлиши ҳақида 0 14:51Валери Камилло WTA раҳбарига айланади 0 14:30"Барселона" собиқ президенти: "Ямал дунёнинг энг яхши футболчиси эмас" 0

31 mar 19:25
Yangiliklar

Tennis

WTA reytingi. Yanvar oyidan beri "tatil"da bo'lgan Abduraimova 88 pog'ona pastladi

Bugun Xalqaro ayol tennischilar Associaciyasi (WTA) professional ayol tennischilarning haftalik yangi reytingini elon qildi.

Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko peshqadamlik qilyapti. Mayami turnirida chempion bo'lgan Arina o'tgan yilgi chempionlik ochkolarini muvaffaqiyatli himoya qildi. Polshalik Iga Svyontek ikkinchi, amerikalik Koko Goff uchinchi o'rinni band etgan. Rossiyalik 17 yoshli Mirra Andreeva 6-o'rindan 7-pog'onaga pastladi. Mayami turnirida 1/2 finalga qadar etib borib, sensaciya qayd etgan filippinlik Aleksandra Eala faoliyatida ilk bor Top-10`da debyut qildi. 

Yangilangan reytingda to'rt tennischimizdan uch nafari pastladi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Nigina Abduraimova 20 ochko yo'qotishi natijasida 88 pog'onaga pastladi va hozirda WTA reytingida 649-o'rinni egallab turibdi. Niginaning WTA saytidagi profilida uning so'nggi qatnashgan turniri sifatida 6-12 yanvar kunlari oralig'ida Nontaburi (Tailand) shahridagi ITF 75 musobaqasi qayd etilgan. Niginaning jarohati borligi yoki faoliyatini yakunlagani haqida malumotlar yo'q. Vlada Yakshibarova bir ochko jamg'argani evaziga aksincha, 10 o'ringa yuqoriladi. Milana Maslenkova va Sabrina Olimjonova bir xilda, 9 pog'onaga pastlashdi. 


WTA reytingi. 17 mart kungi holat:

1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 10541 ochko

2. (2) Iga Svyontek (Polsha) - 7470

3. (3) Koko Goff (AQSH) - 6063

4. (4) Jessika Pegula (AQSH) - 5796

5. (5) Medison Kiz (AQSH) - 4949

6. (7) Jasmine Paolini (Italiya) - 4843

7. (6) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4775

8. (9) CHjen Cinven (Xitoy) - 4135

9. (11) Paula Badosa (Ispaniya) - 3821

10. (8) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 3808


O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:

649 (561). Nigina Abduraimova – 59 (-20)

914 (924). Vlada Yakshibarova – 25 (+1)

1351 (1342). Milana Maslenkova – 5

1371 (1362). Sabrina Olimjonova – 4

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing