05 iyu 08:44
Yangiliklar
Tennis

WTA reytingida deyarli 1000-o'ringa yaqinlashib qolgan Nigina Abduraimova W15 Tashkent turnirida ishtirok etyapti
SHu kunlarda poytaxtimizda ITF turkumiga kiruvchi W15 toifasidagi turnir bo'lib o'tmoqda.
Musobaqada bir necha yillar davomida O'zbekistonning birinchi raqamli ayol tennischisi bo'lib kelgan Nigina Abduraimova ham bahslarga kirishdi.
30 yoshli raketka ustasi kecha asosiy to'rning ilk davrasida neytral maqomdagi 20 yoshli Darya Zelinskayaga qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 45 daqiqa davom etgan bahsda Nigina 6/7, 6/3, 6/2 hisoblarida g'olib bo'ldi.
Taqqoslash uchun, ayni paytda Abduraimova WTA reytingida 942, Zelinskaya esa 912-o'rinni band etib turibdi. Hamyurtimiz bugun musobaqaning 1/8 finalida hindistonlik Vaishnavi Adkarga (WTA 632) qarshi kortga chiqadi.
Bugun shuningdek, yana bir tennischimiz Darya SHubina ham o'zining navbatdagi bahsini o'tkazadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar