22 okt 10:09
Yangiliklar
WTA reytingida peshqadam o'zgardi. Nigina 17, Vlada 38, Milana 2 pog'onaga pastladi
Yangilangan reytingda peshqadam o'zgardi. Belaruslik Arina Sobolenko uzoq muddatdan so'ng yana karvonboshiga aylandi. SHu kungacha birinchi o'rinni egallab kelgan polshalik Iga Svyontek ikkinchi pog'onaga pastladi. Dunyo tennis malikalari Top-10`taligida o'zgarishlar kuzatildi. Xitoyning Ninbo shahridagi WTA 500 turnirida chempion bo'lgan rossiyalik Darya Kasatkina 11-pog'onadan 9-o'ringa ko'tarilib oldi.
Etiborlisi, yangilangan reytingdan to'rt nafar tennischimiz joy oldi. Istedodli yosh tennischimiz Sabrina Olimjonova 1386-pog'onani egallab turibdi. U endi O'zbekistonning to'rtinchi raketkasi. Uzoq muddat Isroil sharafini himoya qilgan, o'sha mamlakat chempioni ham bo'lgan 35 yoshli Vlada Ekshibarova yana O'zbekiston bayrog'i ostida WTA reytingiga kiritilgandi. Mamlakatimizning ikkinchi raketkasi yangilangan reytingda 38 pog'onaga pastladi. Birinchi raketkamiz Nigina Abduraimova 17 o'rin quyiga sho'ng'idi.
WTA reytingi. 21 oktyabr kungi holat:
1. (2) Arina Sobolenko (Belarus) - 9706
2. (1) Iga Svyontek (Polsha) - 9665
3. (3) Koko Goff (AQSH) - 5963
4. (4) Jessika Pegula (AQSH) - 5785
5. (5) Elena Ribakina (Qozog'iston) - 5471
6. (6) Jasmine Paolini (Italiya) - 5144
7. (7) CHjen Cinven (Xitoy) - 4480
8. (8) Emma Navarro (AQSH) - 3698
9. (11) Darya Kasatkina (Rossiya) - 3500
10. (10) Beatris Xaddad Mayya (Braziliya) - 3194...
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
326 (309). Nigina Abduraimova – 187
802 (764). Vlada Yakshibarova – 33
1363 (1361). Milana Maslenkova – 4
1386 (1386). Sabrina Olimjonova – 3
Fikrlar