17 iyu 09:51
Yangiliklar

WTA reytingidagi tennis malikalarimiz 6 nafarga etdi. Ulardan biri 207 pog'onaga yuqoriladi
Yangilangan reytingda hamon belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Amerikaliklar Koko Goff ikkinchi, Jessika Pegula kuchli uchlikdagi o'rinlarini saqlab qolishdi. Xitoylik CHjen Cinven bir pog'onaga yuqorilab, dunyoning to'rtinchi raketkasiga aylanib oldi. U o'tgan hafta ham ikki o'ringa ko'tarilgandi.
O'zbekistonning birinchi raketkasi Vlada Yakshibarova 21, ikkinchi raketkamiz Nigina Abduraimova 6 pog'onaga yuqoriladi. Eng katta sakrashga Toshkent turniridagi muvaffaqiyati sabab Darya SHubina erishgan. Tennischimiz 207 pog'onaga ko'tarilish barobarida mamlakatimizning uchinchi raketkasiga ham aylandi. Endilikda to'rtinchi raqamli tennischimiz Milana Maslenkova 2, Sabrina Olimjonova 3 o'ringa pastladi. Bu hafta reytingga Diana Yakovleva ham qo'shildi va buning natijasida WTA reytingidagi o'zbek tennischilari 6 nafarga etdi.
WTA reytingi. 16 iyun kungi holat:
1. (1) Arina Sobolenko (Belarus) - 11553 ochko
2. (2) Koko Goff (AQSH) - 8083
3. (3) Jessika Pegula (AQSH) - 6483
4. (5) CHjen Cinven (Xitoy) - 4853
5. (4) Jasmin Paolini (Italiya) - 4805
6. (8) Medison Kiz (AQSH) - 4669
7. (6) Mirra Andreeva (Rossiya) - 4636
8. (7) Iga SHvyontek (Polsha) - 4618
9. (10) Emma Navarro (AQSH) - 3697
10. (9) Paula Badosa (Ispaniya) - 3684...
O'zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o'rni:
871 (892). Vlada Yakshibarova – 28 (+1)
975 (942). Nigina Abduraimova – 21 (+1)
1204 (1321). Darya SHubina – 9 (+3)
1323 (1321). Milana Maslenkova – 6
1389 (1386). Sabrina Olimjonova – 4
1414. Diana Yakovleva – 3
Fikrlar