26 sen 16:29
Yangiliklar
Boks/MMA

WVC chempioni Lomachenkoga “vyzov” tashladi
Yarim engil vazn toifasida WBC kamari sohibi Migel Berchelt engil vazn toifasida jahon chempioni Vasiliy Lomachenko bilan jang qilmoqchi.
“Men faqatgina katta janglarda ishtirok etishni istayman. Jumladan, engil vazn toifasi "qiroli" Vasiliy Lomachenkoga qarshi ringga ko'tarilmoqchiman. U bilan jang qilishim muxlislarga bog'liq, agar ular istashsa, men Loma bilan jang qilaman”, - dedi Berchelt.
Malumot uchun, Migel o'zining navbatdagi jangini 18 oktyabr kuni Jeyson Sosiga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar