16 noy 07:23
Yangiliklar
Boks/MMA
WVC prezidenti Fyuriga majburiy himoyadan oldin Usik bilan jang o'tkazishga ruxsat berdi
WVC prezidenti Maurisio Sulaymon superog'ir vaznda tashkilot chempioni Tayson Fyuriga majburiy kamar himoyasidan oldin Aleksandr Usikka qarshi jang o'tkazish imkoniyatini berishga tayyorligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, Deontey Uaylder - Endi Ruic g'olibi WVC kamariga majburiy davogar bo'ladi.
"Taxmin qilishni xohlamayman, ammo amaliy nuqtai nazardan hali bajarilmagan ko'p o'zgarishlar bor. Uaylder va Ruis ham o'zaro jang o'tkazishi kerak, Fyuri ham. Agar Fyuri va Usik o'rtasida jang tashkil qilishsa, g'olib barcha kamarlarni Uaylder - Ruis jangi g'olibidan himoya qilishga majbur bo'ladi.
Men nazorat qila olmaydigan vaziyatlar bor. SHuning uchun, bunday ishlar mendan katta masuliyatni talab qiladi. Ammo hammasi men aytangdek bo'lishi mumkin", - dedi Sulaymon iD Boxing kanaliga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar