11 avg 11:22
Yangiliklar
Xabib Falastinni ommaviy qo'llab-quvvatlash ortidan bir nechta homiylarini yo'qotganini aytdi
"Odamlarning 90 foizi Isroilning Falastin xalqiga nisbatan siyosati genocid ekanligini biladi. Eng katta masuliyat - hech bo'lmaganda bu haqda odamlarga so'zlab berish. Yaxshi, balki siz hech narsa qila olmassiz, lekin jim turmang. Men buni sportchi nuqtai nazaridan aytaman. Tasavvur qiling, siz bu haqda post qilsangiz yoki gapirsangiz, shartnomalar, million dollarlik homiyliklarni yo'qotasiz. Ko'pgina homiylar Falastinni qo'llab-quvvatlaydigan bazi sportchilar bilan ishlashni istamaydi. Qo'llab-quvvatlashni unuting, ular shartnomalarni bekor qilishadi. Men bilan bunday bo'lmagan deb o'ylaysizmi? Yoki Islam Maxachev yo Usmon Nurmagomedov bilanmi? Bizda ham shunday bo'lgan. Biz ham ko'p pul yo'qotdik.
Ammo inson hayoti bilan solishtirganda, ishoning pul hech narsa emas", - dedi Nurmagomedov Nyu-Jersida muxlislar bilan uchrashuv chog'ida.

Fikrlar