22 jan 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib jang o'tkazish istagida bo'lgan uch raqib nomini oshkor qildi
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov oktagonda to'qnash kelish istagida bo'lgan uch jangchining nomini aytdi.
“Jamoam kattagina - otam, menejerlarim, murabbiylarim. Nevada shtati Atletik komissiyasi o'z qarorini elon qilishi bilan biz ana shu katta jamoamiz bilan birga bafurja rejalarni tasdiqlab olamiz.
Makgregor revansh jangiga munosib emas. U menga qarshi jangda osonlikcha mag'lub bo'ldi. Vada qilganimdek, Konorni muddatidan avval taslim etdim. Bu holatda men jang qilish istagida bo'lgan uch raqib qolmoqda - Jorj Sen-Per, Toni Fergyuson va Floyd Meyvezer. Nomlari tilga olingan raqiblarni mag'lub etib, faoliyatimni barcha davrlarning buyuk sportchisi sifatida yakunlamoqchiman”, - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar