05 avg 09:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib kun sanashni boshladi: "Janggacha 80 kun!"
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov vaqtinchalik kamar sohibi, amerikalik Jastin Getjiga qarshi kechadigan janggacha qolgan kunni hisoblashni boshladi.
"Savollar har doim bo'lgan va ular kam emas. Eng muhimi, ularning javobini bilishing. Hayollar miyangda uzoq vaqt qoladi. Janggacha 80 kun", – deya Instagram sahifasiga suratli xabar qo'ygan Nurmagomedov.
Etiborlisi, Xabib ushbu xabari ostidagi suratda O'zbekiston MMA associaciyasi tomonidan taqdim etilgan va yurtimiz gerbi tushirilgan futbolkada ko'rinish bergan.
Havola :
Fikrlar