So’nggi yangiliklar

12:22Конте АПЛга қайтмоқчи — у ўз номзодини "Манчестер Юнайтед"га таклиф қилди 0 11:51Жаррелл Миллер ва Тони Йока Гана пойтахтида жанг қилади 0 11:20Tata Steel Chess 2027: Нодирбек Абдусатторов чемпионлик унвонини ҳимоя қилади 0 10:49Мадримовнинг вазнидаги собиқ чемпионнинг кейинги жанги санаси, манзили ва рақиби эълон қилинди 0 10:18Валерий Карпин: "Ўзбекистонда умуман бошқа даражадаги футболчилар пайдо бўлди" 0 09:47Махачев Усман Нурмагомедовнинг кечаги қилмишига муносабатини билдирди + ФОТО 0 09:16БАА қонунлари бўйича Усман Нурмагомедовни қандай жазо кутаётгани айтилди 0 08:45Илия Топурия Усман Нурмагомедовнинг ҳибсга олингани ҳақида хабар берди 0 08:14Бугун Ўзбекистон миллий терма жамоаси Россияга қарши майдонга тушади 0 07:43Total Chess. Абдусатторов иккинчи кун Фирузджага қарши иккита партия ўтказди 0 07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0

06 iyu 11:11
Yangiliklar

Boks/MMA

Xabib matbuot anjumanida nimalar dedi? (Batafsil savol-javob va FOTOGALEREYA)

Xabar berganimizdek, bugun AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC tomonidan navbatdagi matbuot anjumani o'tkazildi.

Anjumanda engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov ham ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Xabib: Ahvollar qalay, bolalar (zalga qarata)

Zalda shovqin paydo bo'ldi.


Xabib: “T-Mobile Arena”da nimalar qilganim esingizdami? Hech nima o'zgargani yo'q. Men Abu-Dabida ham shu ishni yana bir bor takrorlayman, lekin hech qanday oktagondan sakrab chiqishlar bo'lmaydi. Dastin baquvvat sportchi. Uning tajribasi katta. UFCda yigirmadan ortiq jangda ishtirok etgan. Maks Xollouey bilan bo'lgan jangida mag'lub bo'lishini kutgandim. lekin bunday bo'lmadi. U tik turib jang qilishni yaxshi biladi. Oxirgi oltita jangida ham u faqatgina tik turib jang qiladiganlar bilan to'qnash keldi. Parterda jang qiladigan kuchli jangchilar bilan uchrashmadi. Dastin uchun 7 sentyabr og'ir keladi, bu mening fikrim. Barcha narsaga tayyor turishini aytgan bo'lardim. CHunki, u charchab taslim bo'lishga majbur bo'ladi.

Dastin: Xabib, men charchamayman, oshna!

Jurnalist: So'zsiz, siz keyingi raqiblaringiz haqida fikr bildirishi istamaysiz. Lekin yaqin kelajakdagi rejalaringiz qanday? Bir nechta jangdan so'ng faoliyatingizni yakunlashni o'ylamayapsizmi?

Xabib: Raqiblarimni yanchib tashlashga o'rganganman. Menga raqibim kim bo'lishining farqi yo'q. Dastinmi, Tonimi yoki Konor. Faoliyatimni boshlagan vaqtimdan buyon men doim raqiblarimni ezishga o'rganganman. Ko'pchilik Dastinning oltita g'alabali seriyasini gapirmoqda. Lekin menda bu ko'rsatkich 27 ta! O'n bir yildan beri mag'lubiyat nimaligini bilmayman. Men raqiblarimga hurmatsizlik qilmayman, oktagonda hamisha "jang" qiyin bo'lishini bilaman. Lekin ular mening darajamdagi jangchilar emas.

Jurnalist: "UFC 229"dagi xunuk holatdan so'ng, siz raqiblaringizga hurmat bilan qarashingiz mumkinmi? Abu-Dabi sizni hurmat qiladigan hududga kiradimi?

Xabib: Las-Vegasmi yoki Abu-Dabimi menga farqi yo'q. Oktagon - mening hududim!


- Men Evropa, Amerika, Braziliyada bo'lganman, lekin hech qaysi joy Amirlikchalik men uchun xafvsiz joy emas. Ko'pchilik, musulmon bo'lganim uchun Abu-Dabi qo'llamoqda deb o'ylayapti. Lekin aniq aytaman, bu erda Dastinning ham muxlislari juda ko'p. Qafas yopilishi bilan raqiblarimga hech kim, muxlislar ham yordam bera olmaydi. Men o'zimga ishonaman. Etiborimni 7 sentyabrdagi jangga qaratganman.

Jurnalist: Murabbiying endilikda «AKA»da emas, balki Dog'istonda mashg'ulot olib borishini aytdi. Nima sababdan «AKA»ga bormaysan? Balki, siyosiy nizo sababdir?

Xabib: Otam uning oldida mashg'ulot olib borishimni istagandi. SHu sababli dastlabki bir oy otam bilan birga shug'ullandim. Endi taxminan etti hafta «AKA»da tayyorgarlik olib boraman. Ikki hafta esa mashg'ulotlar Abu-Dabida o'tadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing