01 mar 08:23
Yangiliklar
Xabib Maxachevga: "Kamarni uyga qaytarish vaqti keldi"
"Sen katta ishni amalga oshirding, uka. CHempionlik kamari uchun ilk davogar sensan va menimcha, engil vaznda dunyoda senga etadigani yo'q.
Odamlar har narsani gapiraveradi, ammo men anchadan buyon shu sport turi ichidaman va nima deyayotganimni yaxshi bilaman. Sening mehnating, intizoming, tezkorliging - yaqin orada o'z mevasini beradi. Kamarni uyga qaytarish vaqti keldi", - deb yozgan Xabib o'z Instagram sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Maxachev yakshanba tongida Grinni birinchi raundning o'zida texnik nokautga uchratgan edi. Bu Islam uchun aralash yakkakurashlardagi 22-g'alaba bo'ldi.
SHuningdek, Maxachev hisobida bir mag'lubiyat ham bor. Bu mag'lubiyat 2015 yilda braziliyalik Adriano Martinsdan qabul qilib olingan. O'shanda Martins Islamni birinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Fikrlar