20 iyu 15:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib navbatdagi yig'inni iyulda boshlaydi
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov sentyabr oyidagi jangi uchun tayyorgarlikni iyul oyida boshlaydi.
Bu haqida sportchining menejeri Rizvan Magomedov aytib o'tdi.
"Iyul oyi boshida Xabib AQSHda bo'ladi", - dedi Magomedov.
Nurmagomedov ayni paytda Dog'istonda shug'ullanmoqda. U 7 sentyabr kuni Abu-Dabida amerikalik Dastin Porega qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar