31 dek 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/25799_220.jpg)
Xabib Nurmagomedov bugungi jangi oldidan 24 kg vazn tashladi
Birozdan so'ng AQSHda UFC 219 turniri doirasidagi markaziy jang boshlanadi.
Aralash qoidalar bo'yicha rossiyalik mashhur jangchi Xabib Nurmagomedov Edson Barbozaga qarshi oktagonga chiqadi. Xabib so'nggi jangini bundan 13 oy oldin o'tkazgan edi.
Etiborlisi, Nurmagomedov bugungi jangi oldidan qisqa
fursatda 24 kg vazn tashlashga majbur bo'ldi. Vazn o'lchash marosimida rossiyalik
sportchi 70,5 kg tosh bosdi. Uning raqibi Edson Barboza esa 70,3 kg chiqdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar