14 iyu 16:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov endi Las-Vegasga qadam bosmaydi. Nega?
Rossiyalik sportchi Xabib Nurmagomedov ayni paytda Konorga qarshi revansh o'zini qiziqtirmayotganini aytib o'tdi.
"Vegasda bo'lgan ishlar Vegasda qoladi. U erda nima bo'lganini barcha biladi: men g'alaba qozondim, biz uni mag'lub etdik, jamoasini mag'lub etdik. Yana Vegasda jang qilishni istamayapman. Uni va meni jarimaga tortishdi. Gap pulda emas, gap jarayon qanday kechganligida. Agar Vegasda katta janglar bo'lsa, u erga faqat muxlis sifatida boraman. Ammo, jang qilishga emas.
Agar Konor qaytsa revansh qiziq bo'ladimi? Agar u shunga loyiq bo'lsa, ha. Ammo hozir bu menga qiziq emas. Nima kerak menga revansh?", - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar