07 mar 08:07
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov Fergyusonga: Sen qarib qolding, men shundan havotirdaman!
Xabar berganimizdek, 18 aprel kuni AQSHda aralash qoidalar bo'yicha UFC 249 turniri bo'lib o'tadi.
Bugun tongda oqshomning markaziy jang ishtirokchilari matbuot anjumani hamda ko'z urishtirish marosimida ilk bor ro'baro' kelishdi. Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov hamda davogar Toni Fergyuson jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
"18 aprel engil vazn uchun UFC tarixidagi muhim kun bo'lib qoladi. SHu kuni engil vazn toifasida UFC tarixidagi dunyoning eng kuchli engil vazn jangchisi aniqlanadi. Men o'zimga ishonaman. Meni faqat bir narsa havotirga solyapti. U ham bo'lsa Tonining yoshi. U o'ttiz etti yoshga qarab ketyapti. Odamlarning yoshi katta jangchini mag'lub etdi, degan malomatlaridan havotir olyapman", - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar