07 sen 08:19
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedov: Kim aytdi Xabib pulni yomon ko'radi deb?
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bugungi jang oldidan jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
Rossiyalik jahon chempioniga berilgan savollardan biri pul, gonorarlar haqida bo'ldi:
“Kim aytdi, Xabib pulni yomon ko'radi deb? Men ham hamma qatori pulni yaxshi ko'raman. Lekin hamma narsani ham aynan pul deb qilaveraman. Puldan muhim narsalar ham bor bu hayotda. Pul bir tomonda zararli ham hisoblanadi. Boylik baxt keltiravermaydi”.
Xabib vazn tashlashi haqida:
“Bu faoliyatimdagi eng yaxshi vazn tashlash bo'ldi. Men qiyin vaziyatdan chiqib keta oldim. O'zi aslida vazn tashlash hech qachon oson bo'lmagan. Men 2 kun ichida 6 kilogramm ortiqcha vazndan xalos bo'ldim”.
Havola :
Fikrlar