12 iyu 22:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov mag'lub etishni istayotgan uch raqibi nomini aytdi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bugun Londonda tashkil etilgan matbuot anjumani davomida o'z rejalari haqida gapirdi.
"Sen-Per yana urishadimi-yo'qmi bilmayman. Men hali yana kuchayishim kerak.
Men Dastinni, Fergyusonni va Sen-Perni mag'lub etishim lozim. O'shanda Pound-for-Pound reytingida birinchi o'ringa ko'tarilib olaman. Bu mening maqsadim", - dedi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabib - Pore jangi 7 sentyabr kuni Abu-Dabida o'tkaziladi.
Bugun sportchilar tadbir davomida ko'z urishtirish marosimini ham o'tkazishdi.
Havola :
Manba : UFC
Fikrlar