08 fev 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: "Men ortiqcha gapirmayman, amalda bajaraman"
Rossiyalik aralash qoidalar jangchisi Xabib Nurmagomedov treshtokingga etibor bermasligi haqida gapirdi.
"Men treshtoking bilan shug'ullanmayman. SHunchaki, o'ylagan ishimni qilaman.
Masalan, raqibning "basharasini buzib" qo'ymoqchi bo'lsam, bu ishni bajara olaman.
Raqiblarimning barchasi bilan yaxshi munosabatdaman. Lekin, odam sifatida asabimga tegadigan ikki sportchi bor. Faqat gapda emas, amalda bajarish lozim. Menga ular yoqmaydi. Ularni mag'lub etish uchun, barcha ishni qilaman", - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o'tamiz, Nurmagomedov 7 aprel kuni Toni Fergyusonga qarshi chempionlik jangini o'tkazadi.

Havola :
Manba : Известия
Fikrlar