08 sen 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: Papaxalardan qo'shimcha kuch oldim
Abu-Dabida o'tgan UFC kechasida engil vazn UFC chempioni Xabib Nurmagomedov vaqtinchalik chempion Dastin Poreni taslim etgandi.
Xabib kavkazliklarning milliy bosh kiyimi papaxani arenada kiyib o'tirgan odamlarni ko'rganida qanday holatga tushganini aytdi.
“Men tog'da o'sdim. Yoshligimizdan papaxalarni kiyib katta bo'ldik va bu shunchaki bosh kiyimi emas edi. Bu bizning erkaklik g'ururimiz ramzi! Ayollar bu bosh kiyimni kiyishmaydi. Papaxalarni butun arena bo'ylab ko'rganim uchun menda qo'shimcha kuch paydo bo'ldi”, - dedi Nurmagomedov.
Havola :
Fikrlar