13 iyu 07:39
Yangiliklar

Xabib Nurmagomedov Porening kuchli tomonlariga to'xtaldi
Haqiqiy chempion va vaqtinchalik chempionning ilk uchrashuvi hamda matbuot anjumani Buyuk Britaniyaning London shahrida bo'lib o'tdi.
“SHubhasiz, Pore juda tajribali jangchi. Uning hisobida UFCda o'tkazilgan 20tadan ortiq jangi bor. G'alaba ham qozongan, mag'lub ham bo'lgan. Bularning bari tajriba. Men uni ham oliyjanob, tarbiyali inson, ham yaxshi sportchi sifatida hurmat qilaman. Dastin kuchli raqiblarni mag'lub eta olgan.
Xususan, u so'nggi jangidagi harakatlari bilan meni xayratda qoldirdi. Uning ayniqsa, boksni yaxshigina o'zlashtirib olgani men uchun yangilik bo'ldi. Oktagonda juda engil harakat qildi. U bejizga vaqtinchalik chempion bo'lmadi axir. Maks Xollouey va boshqa sobiq jahon chempionlarini mag'lub etdi. Menda esa katta o'zgarishlar bo'lmadi. Qafas yopildimi, bo'ldi, hamma narsani unutaman”, - dedi Nurmagomedov Londonda o'tgan UFC 242 turniriga bag'ishlangan matbuot anjumanida.
Fikrlar