05 sen 15:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: Rejam - Poreni taslim qilish
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov vaqtinchalik chempion Dastin Poreni taslim bo'lishga majbur qilmoqchi.
“Nechanchi raundda jangni yakunlashni istayman? Qiyin savol! Pore - kuchli jangchi. Uning tajribasi katta. Lekin mening yagona rejam: uni taslim qilish. Yil yakuniga qadar yana bir bor oktagonga ko'tarilishni istayman, lekin bu haqida hozir fikr bildirish qiyin. Mening hozirdagi asosiy vazifam: jangga qadar vaznimni joyiga keltirish va jangda ishtirok etish. Qolgani esa keyinchalik bo'laveradi”,-dedi Xabib.
Malumot uchun, avvalroq Xabibda ortiqcha olti kilogramm vazn borligi malum qilingandi.
Havola :
Manba : boxing.com
Fikrlar