13 iyu 11:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov: Revansh? Konor havaskor bokschi va aktyorlar bilan jang qilaversin!
Engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedov kecha Londonda o'tgan matbuot anjumanida Konor Makgregor haqida berilgan savolga ham javob berdi.
Dog'istonlik jahon chempionining aytishicha, irlandiyalik sportchi revansh jangiga loyiq emas ekan.
“So'nggi uch yilni oladigan bo'lsak, uning hisobida faqat havaskor boksdagi g'alaba bor, xolos. Endi ayting, u menga qarshi revansh jangiga munosibmi? Yodingizdami, Konor jangda menga taslim bo'ldi va o'ldirmaslikni so'radi.
Hozir esa mendan revansh so'rayapti. Keyingi navbat Toni Fergyusonniki. U ketma-ket erishgan g'alabalari bilan menga qarshi jang o'tkazishga haqli ekanini amalda isbotladi. Konor esa havaskor bokschilar, aktyorlar bilan boks tushib yuraversin”, - dedi Xabib UFC 242 turniriga bag'ishlangan matbuot anjumanida.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar