09 avg 15:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Nurmagomedov Zabitni qo'llab-quvvatladi
UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yurtdoshi Zabit Magomedsharipovni qo'llab-quvvatladi.
Avvalroq, Zabit jangi bekor bo'lgani sabab Rossiyaga qaytib ketishini elon qilgandi.
"Demak shunday bo'lishi kerak ekan. Senga nasib qilgani boshqaga ketmaydi ukam", - deb yozib qoldirgan Xabib Instagramdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Zabit 29 avgust kuni Yair Rodrigesga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo meksikalik sportchining jarohati sabab jang bekor qilindi.
Havola :
Fikrlar