14 fev 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Toni Fergyusonga muxlislik qiladimi?
UFC jangchisi Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes Toni Fergyusonning muxlisi ekanligini tan oldi.
"Toni kurashadi. U ajoyib jangchi. Lekin Xabib umuman boshqacha. Albatta, bu noto'g'ri. Ahir, biz Xabibning jamoasidamiz. Lekin, Tonini mensimaslik - bu noto'g'ri. Uning hisobida ketma-ket 10ta g'alaba bor. Bu ajoyib. SHuningdek, u juda yaxshi gapira oladi va bu jangga bo'lgan qiziqishni oshiradi.
Biz u bilan jang qilamiz, lekin bu men uning muxlisi bo'lishimga to'sqinlik qilmaydi. Men Toni Fergyusonning muxlisiman" - deydi Mendes.
Eslatib o'tamiz Xabib Nurmagomedov va Toni Fergyuson o'rtasidagi chempionlik jangi 7 aprel kuni UFC 223 doirasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar