15 avg 19:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib: Otamning rejalari ko'p edi...
UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov otasi Abdulmanap Nurmagomedovni xotirladi.
“Otamning rejalari ko'p edi... Uning yozgan narsalarini hali ham o'qimoqdaman. Otam uchun nima qilish imkonim bo'lsa, barchasini qilaman. Yaqinda mamlakatimiz rahbari Vladimir Vladimirovich bilan uchrashdim. Otam boshlab qo'ygan maktab qurilishini yakunlab qo'yishim kerak, hali qiladigan ishlarim ko'p.
Maktab dengiz sathidan 2000 metr balandda bo'ladi. U erda o'quv-yig'in mashg'ulotlari bo'ladi. SHuningdek, u erda turizmni rivojlantiramiz. Otam jamiyat uchun ko'p yaxshi ishlarni qilishga intildi va men bu ishlarni yakunlashim kerak”,-dedi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Abdulmanap Nurmagomedov uzoq davom etgan kasallikdan so'ng 58 yoshida vafot etdi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar