26 iyu 08:04
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib Porega qarshi bo'lajak jang haqida fikr bildirdi
Rossiyalik engil vazn UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedov Dastin Porega qarshi bo'lajak jang borasida fikr bildirdi.
“Pore yaxshi jangchi, unga hurmat ko'rsatishim kerak. Jangga ikki oy qoldi. Kuchim 25 daqiqaga etishi kerak, balki undan ham ko'pga. Men jangga jismonan yaxshi etib borishim shart. Abu-Dabida ko'plab yaqinlarim jang qiladi, ularning har bir g'alabasi menga ko'proq kuch beradi. Jangda favoritligim meni tashvishga solmaydi. Bitta narsa aniq: menga g'alaba kerak”,-dedi Xabib.
Eslatib o'tamiz, Xabib Nurmagomedov Dastin Pore jangi 7 sentyabr kuni Abu-Dabida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar