16 iyu 15:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Xabib superog'ir vaznda eng kuchli bokschi kim degan savolga javob berdi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedov bugungi kunda superog'ir vaznda eng kuchli hisoblangan bokschi nomini aytdi.
“O'ylashimcha, bugungi kunda Tayson Fyuri dunyoning eng kuchli og'ir vaznli bokschisi. Uning Uaylderga qarshi o'tkazgan jangini tomosha qildinglar. Agar o'zi nokdaun holatiga tushib qolmaganida, aniq o'sha kuni chempionga aylanardi.
Umuman olganda, superog'ir vazn hozirda ancha kuchaygan. Ruis, Joshua, Uaylder... agar Klichko faoliyatini qayta tiklasa, u holda bu divizionga bo'lgan qiziqish yanada ortadi. Lekin shaxsan men uchun hozir Fyuri eng kuchli superog'ir vaznli bokschi”, - deya Nurmagomedovning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda MMA Junkie.
Havola :
Fikrlar