15 avg 09:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib tanqidchilarga javob qaytardi
Engilmas UFC jangchisi Xabib Nurmagomedov o'z ishtirokidagi janglarni zerikarli deb atayotganlarga javob qaytardi.
“Men zerikarli jangchimanmi? To'g'ri, har bir insonning kamchiliklari bo'ladi. Mening ham o'ziga yarasha minuslarim bor, buni tan olaman. Lekin mening janglarimni zerikarli deb atashlariga qarshiman.
Agar men ishtirok etgan janglar zerikarli bo'lganida, bunday katta miqdorda translyaciyalar amalga oshmasdi. Men hech qachon o'zimni zerikarli deb hisoblamayman”, - dedi UFC chempioni.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar