20 jan 11:57
Yangiliklar
Xabib UFC 311 turnirini sarhisob qildi
"Kecha kutganimdek og'ir kun bo'ldi. Islam Maxachev ayni damda dunyoning eng zo'ri ekanligini yana bir bor isbotladi. Men Islam va uning bu sport turida bosib o'tgan yo'lidan juda xursandman. Ishlashda davom et uka, bu chegara emas.
Umar Nurmagomedov, boshingni baland tut, kichkintoy. Kecha sen dunyoning eng zo'rlaridan biri ekanligingni ko'rsatding. Ustida ishlashimiz kerak bo'lgan xatolar bor. Ularni to'g'rilab, chempionlik poygasiga qaytamiz.
Tagir Ulanbekov yaxshi ish qilib, meni juda xursand qildi. Lekin bilamanki, u bundan ham yaxshiroq bajara oladi. Bu yil yana bir-ikkita janglarda g'alaba qozonishimiz kerak. Maqsadimizni unutma, og'ayni.
Har bir ishda yaxshilik bor, biz mo'minlar Allohning amri nafsimizdan afzal ekanini tushunishimiz kerak", deb yozdi Xabib Nurmagomedov.
Fikrlar