06 fev 18:24
Yangiliklar
Boks/MMA
"Xabib va Islamni juda yaxshi ko'raman, lekin...". Korme amerikalik jangchilarning chempionlik ehtimoli haqida gapirdi
UFC sobiq chempioni Daniel Korme Amerikaga chempionlarni qaytarish uchun MMAga amerikalik kurashchilarni jalb qilish istagi borligini malum qildi.
"Amerikalik kurashchilar bizga kerak bo'lgan darajada janglarga ochiq emas. Lekin menda reja bor. Men amerikalik kurashchilarni yakkakurashlarga jalb qilayapman. Men bu yigitlarni juda yaxshi ko'raman — Xabibni juda yaxshi ko'raman, Islamni juda yaxshi ko'raman. Ular eng yaxshilar. Lekin men amerikalik kurashchilarni chempion sifatida ko'rishni xohlayman. O'ylaymanki, aynan shu guruhdagi sportchilarimiz kamarlarni qaytarib ola oladi. Hozirgi chempionlar — SHarqiy Evropadan chiqqan kurashchilar, zarba beruvchilar esa juda kam. CHempionlar — kurashchilar. Biz kurashchilarimizni yana aralash yakkakurashlarga qaytarishimiz kerak", — dedi Korme Y'all Street YouTube-kanalida.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar