16 dek 20:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabib va Konor 18 yanvar kuniyoq uchrashishi mumkin
Xabaringiz bor, 18 yanvar kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida UFC kechasi bo'lib o'tadi.
UFC 246 turnirining markaziy jangida ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor Donald Serronega qarshi oktagonga ko'tariladi.
UFC prezidenti Dana Uaytning aytishicha, amaldagi jahon chempioni Xabib Nurmagomedovning ushbu jangni tomosha qilish uchun Las-Vegasga tashrif buyurishi kutilayotgan ekan. Hozircha Xabibning o'zi bu xabarga munosabat bildirmadi. Nurmagomedov o'zining avvalgi intervyularida Makgregor bilan jang umuman qiziq emasligini aytib kelayotgan edi.
Havola :
Fikrlar
Conrni jangini ko'rish uchun bormasa kere u etiku qachon eski obrosini qayta tiklasa ushanda rivash bo'ladi dip