09 may 09:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning murabbiyi Fergyuson va Makgregorni taqqosladi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes Toni Fergyuson va Konor Makgregor haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Konor yoki Toni? Konor eng xavfli raqib desam adashmayman. U juda kuchli, Xabib aynan unga qarshi jangda qattiq qarshilikka uchragandi.
Toni doim o'z ustida ishlab, kuchayib bormoqda. Konor esa doim xavfli bo'lib kelgan. Unga qarshi jangda Konorning bittagina zarbasi barcha narsani barbod qilishi mumkin. Konor doim yuqori sport formasida bo'ladigan sportchi”, - dedi Mendes.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar