26 iyu 16:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning murabbiyi Pore - Xuker jangi favoritini aytdi
Engil vazn toifasida UFC kamari sohibi Xabib Nurmagomedovning murabbiyi Xaver Mendes kelayotgan dam olish kuni bo'lib o'tadigan Dastin Pore va Den Xuker jangidan nima kutayotganini malum qildi.
"Dastin - favorit. Uning Xukerga qarshi jangi uchun ikkita quroli bor, Denda esa bitta. Den Poreni uzoq masofada saqlashi kerak, sababi Dastinning boksi ajoyib. Ko'ramiz jang kuni barchasi qanday yakunlanadi, lekin muxlislar bu to'qnashuvdan mazza qilishlari aniq.
Bu jang vaznning reytingiga ham tasir qiladi, agar Den g'alaba qozonsa, yana bitta davogar paydo bo'ladi. Agar bahsda Dastining qo'li baland kelsa, u hali ham asosiy davogarlardan bir ekanligini isbotlaydi",-dedi Mendes.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar