19 apr 14:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Xabibning sparing raqibi ikki karra olimpiada chempioni bo'ladi
Yunon-rum kurashi bo'yicha ikki karra olimpiada chempioni Roman Vlasov Xabib Nurmagomedovning sparing raqibi bo'ladi.
Vlasov UFC chempioniga sentyabr oyida o'tkaziladigan jangiga tayyorgarlik ko'rish jarayonida yordam beradi.
“Uning faoliyatini doim kuzatib borganman. Xabib bilan tanishishni anchadan beri xohlardim. Kamil Gajiev yordami va tavsiyasi bilan Moskvada uchrashish nasib qildi. Xabib bilan restoranda birga o'tirdik. Ko'ngli ochiq, kamtar, kirishuvchan inson ekan. U menga yaxshi maslahatlar berdi. Biz u bilan birga mashg'ulot o'tkazishga kelishib oldik. Unga foydam tegishi mumkin, ayniqsa parterda”, - dedi Vlasov.
Havola :
Fikrlar