16 may 14:22
Yangiliklar
Tennis
Xalep Parij turniridagi uchrashuvini yakuniga etkaza olmadi
Franciya poytaxti Parij shahrida tennis bo'yicha WTA 125 toifasiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Dunyoning sobiq birinchi raketkasi Simona Xalep ushbu musobaqada WC, yani imtiyozli yo'llanma asosida ishtirok etayotgandi. Ayni paytda WTA reytingining 1149-pog'onasida borayotgan ruminiyalik tennis malikasiga tizzasidagi jarohat pand berib qo'ydi.
Buning natijasida uning amerikalik Makkartni Kesslerga qarshi bahsi yakuniga etmay qoldi. Birinchi setni 7/5 hisobida o'z foydasiga hal qilgan Xalep ikkinchi setning beshinchi geymidan so'ng uchrashuvni davom ettira olmasligini malum qildi. Bu paytda u 2/3 hisobida yutqazayotgandi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar