So’nggi yangiliklar

22:51Ана холос! Mangu 3 турнирининг марказий жанги бекор бўлди — сабаби маълум 0 22:01Нажмиддин Қосимхожиев ва Марат Мавлонов Рим Гран-присида бронза медалларига эга чиқишди 0 19:48Топурия Гэтжининг хотини ҳақидаги сўзларига "ответ" қилди: "Тез орада гапиришдан тўхтайди" 0 19:02Василий Ломаченконинг рақиби айтилди 0 18:16Канчельскис — ЖЧ-2026 ҳақида: "Шотландия, Англия ва Ўзбекистонга мухлислик қиламан" 0 17:41Дана Уайт Жон Жонсни тарихдаги энг яхши жангчи унвонидан маҳрум қилмоқчи 0 16:53Ислам Махачев фаолиятидаги энг севимли жангини айтди 0 16:08Makarska Open. Мария Тимофеева 1/2 финалда! 0 15:29Фабио Каннаваро Тимур Кападзе ва Сречко Катанец ҳақида гапирди 0 14:56Шахматчимиз Грандмастер даражасини қўлга киритди 0 14:08Octagon 87 турнири учун яна бир қизиқарли жанг эълон қилинди. Жаҳонгир Нажмиддинов қайтмоқда 0 13:33UFC собиқ юлдузи иштирокида ўтиши керак бўлган Қозоғистондаги ММА турнири пул туфайли бекор бўлди 0 13:00Эрон терма жамоаси футболчилари ЖЧ-2026 бошланишига бир ҳафта қолганда АҚШга кириш визасини олишди 0 11:53"Жанглар бизнесдан осонроқ эди, чунки..." - Хабиб Нурмагомедов бизнес лойиҳалари ҳақида гапирди 0 10:31Билол Муҳаммад ва бошқалар. UFC Fight Night 278 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди (+барча жанглар рўйхати) 0

02 iyu 10:58
Yangiliklar

Kurash

Xalqaro kurash associaciyasi rahbari MOQga tashrif buyurdi

Mamlakatimiz 2030 yili bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarini qabul qilish uchun jiddiy bel bog'lagan.

SHuningdek, o'zbek milliy sporti hisoblanmish kurashni rivojlantirish bo'yicha ham katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. 2018 yili Indoneziyada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlari dasturiga kiritilgan kurash muxlis-u mutaxassislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Osiyo o'yinlarini qabul qilish uchun mezbon mamlakatdan ko'p narsa talab etiladi. Qolaversa, kurash sportini ham kelajakda jahonning yanada katta maydonlariga olib chiqish bo'yicha yirik loyihalar ishlab chiqilmoqda. 

MOQda O'zbekistonning Osiyo o'yinlariga mezbonligi, kurashning kelajakdagi istiqboli, uni butun dunyo bo'ylab ommaviyligini yanada oshirish mavzusida Xalqaro kurash associaciyasi rahbari, Osiyo Olimpiya kengashi departament direktori Haydar Farmon va O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda shuningdek, MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Oybek Kasimov ham ishtirok etishdi.

Uchrashuv boshida Haydar Farmon MOQ prezidentiga Osiyo o'yinlarining ahamiyati va o'tkazilish tartibi haqida batafsil malumot berdi.

“Avvalo, samimiy kutib olganingiz uchun rahmat. Bugun asosan 2 masalani ko'rib chiqsak. Bular O'zbekistonning 2030 yilgi Osiyo o'yinlariga mezbonligi va kurash sportining kelajakdagi istiqboli. Dastavval, Osiyo o'yinlari mezbonligidan boshlasak. SHaxsan Prezidentingiz mana shunday tashabbus bilan chiqayotganidan mamnunmiz. Ammo shuni unutmaslik lozimki, mezbon mamlakatlar musobaqaga xuddi Olimpiya o'yinlariga tayyorlangandek hozirlik ko'rishadi. SHu erdaligimda ikkimiz uchun ham qulay muddatni belgilab olsak-da, o'shanda men mutaxassislarim bilan yana kelaman va katta doirada suhbat olib boramiz. Kurashni yanada ommalashtirish bo'yicha ham bir qator loyihalarimiz bor. Bularni sizga birma-bir taqdim etaman”, – dedi Haydar Farmon.

O'z navbatida MOQ rahbari ham faxriy mehmonga o'z rejalari xususida gapirib berdi.

“Avvalo, tashrif uchun sizga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman. Aytib o'tganingizdek, Osiyo o'yinlariga mezbonlik bo'yicha shaxsan yurtboshimiz tashabbusi ostida dastlabki ishlar olib borilmoqda. Osiyo o'yinlarining mezbonligi borasida qilishimiz kerak bo'lgan ishlar ko'p. Biz bu musobaqa uchun jahondagi eng zamonaviy sport obektlarini qurishimiz lozim. Zero, ular keyinchalik yosh avlodimizga xizmat qiladi. Ushbu tashrifingiz haqiqatdan ham juda qisqa. Aytganingizdek, yaqin vaqt ichida mutaxassislar bilan tashrif buyursangiz, har qanday savollarga javob olishimiz mumkin bo'ladi. SHunday bo'lsa-da, tegishli tashkilotlar bilan tayyorgarlikning birinchi bosqichini boshlab yuborganmiz va bu bo'yicha hukumatimiz bizni qo'llab-quvvatlamoqda”, – dedi Rustam SHoabdurahmonov.

Tomonlar suhbat davomida yana bir qator istiqbolli rejalar xususida fikr almashishdi. Uchrashuv yakuniga etgach, mehmonga MOQning esdalik sovg'alari taqdim etildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing