So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

18 mar 10:09
Yangiliklar

Og'ir atletika

Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Bosh kotibi MOQda mehmon bo'ldi

Xabaringiz bor, joriy yilning 20-30 aprel kunlari og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati O'zbekistonda bo'lib o'tadi.

Argentinada tashkil etiladigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenziya beruvchi mazkur nufuzli musobaqaga Urganch shahri mezbonlik qiladi. Mazkur qita chempionatiga ko'rilayotgan tayyorgarlik jarayoni bilan bevosita tanishish maqsadida 16 mart kuni yurtimizga Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Bosh kotibi iroqlik Muhammad Hasan Jalud etib kelgandi. 

O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrillo Mahmudov hamrohligida Muhammad Hasan Jalud Urganchga yo'l oldi. U erda Osiyo chempionatiga ko'rilayotgan tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Mehmonxonalar holati, sport majmuasidagi sharoitlar ko'zdan kechirildi.

SHundan so'ng kunning ikkinchi yarmida mehmon Toshkentga qaytib keldi va O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasiga tashrif buyurdi. Uni MOQda Bosh kotib Jasur Matchanov kutib oldi. 

Tomonlar uchrashuvda musobaqaga ko'rilayotgan tayyorgarlik borasida fikr almashishdi. O'z navbatida mehmon Urganchdagi sharoitlardan ko'ngli to'lganligi, qolaversa Xivani aylanib, u erdan bir olam taassurot bilan qaytganligi, ochiq osmon ostidagi muzey shahar nomi bilan mashhur bo'lgan Xivani butun dunyoda yaxshi bilishlari haqida to'lqinlanib gapirdi. 

Qolaversa, musobaqa o'tkaziladigan manej, mehmonxonalar garchand 3-4 yulduzli bo'lsada, xalqaro standartlarga mos 5 yulduzli mehmonxonalardan aslo qolishmasligi, bu borada Urganchda musobaqani qabul qilish uchun xech qanday muammo yo'qligini bildirdi.

O'z navbatida MOQ Bosh kotibi Jasur Matchanov ham O'zbekiston ushbu musobaqaga 2017 yildan buyon tayyorgarlik ko'rayotganini, MOQ O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yganligi va bejizga ushbu musobaqa Urganchga ishonib topshirilmaganligiga izoh berdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing