03 mar 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Xammerni mag'lub etgan Ortis Uaylder va Joshuaga “vyzov” tashladi
Bundan bir necha daqiqa avval AQSHning Bruklin shahrida professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangi superog'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda Luis Ortis germaniyalik 31 yoshli Kristian Xammerga qarshi ringga ko'tarildi. O'n raundga mo'ljallangan jang g'olibi hakamlar qaroriga ko'ra aniqlandi.
Unda kubalik 39 yoshli Ortis raqibini 100-90, 99-91, 99-91 hisoblarida mag'lubiyatga uchratdi. Luis g'alabadan so'ng chempionlik jangiga tayyor ekanligini bildirdi.
“Har bir superog'ir vazn toifasidagi bokschi 40 yoshimda ham bemalol jang qila olishimni bilib qo'ysin. Uaylder, Joshua, men tayyorman”, - dedi Ortis.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar