26 mar 11:38
Yangiliklar

Xamzat CHimaev: "Usmandan ko'ra Adesanyani yo'q qilish osonroq"
"Men uchun Usmandan ko'ra Adesanyani yo'q qilish osonroq. U kurash tusha olmaydi. Oxirgi jangida Robert Uittaker kurashchi bo'lmasa ham uni yiqita oldi. Agar uni yiqitsam boshini uzib olaman. Bu jangdan pul ishlab olishim oson bo'ladi" - deya CHimaevning so'zlarini kertiradi "CHas MMA".
SHuningdek, CHimaev 9 aprel kuni Jeksonvilda bo'ladigan UFC 273 turniridagi raqibi, Gilbert Berns ikki nafar rossiyalik kurashchini mashg'ulotga taklif qilganiga ham munosabat bildirdi.
"Nima qilishimni bilmaydi. U stressda. CHunki uning barcha fikrlari faqat shu bilan band. Uni eshitaman va tamom bo'lganini tushunaman. U aytadi "Mening ikkita yashirin rus jangchim bor". Ikki-uch oyda kurashni qanday o'rganasan? Bu mumkin emas. Tushida ham meni enga olmaydi va buni o'zi ham biladi.
Bilaman, men mashg'ulot o'tkazgan yigitlar bilan gaplashgan. U shunchaki qo'rqib ketgan. Har qanday odamni o'ldirishim mumkinligini his qilyapman. Barcha davrlarning eng buyuk jangchisiman. Men eng zo'riman" - deya ko'shimcha qildi CHimaev.
Fikrlar