03 dek 17:05
Yangiliklar
Futbol
Xavi: "Barselona"dagi "kursim qimirlab qolgan" degan hislar ichimdan o'tmadi"
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi jamoadan istefoga chiqishiga xavf yo'qligini aytdi.
Ayni damda Kataloniya klubi LaLiga turnir jadvalida peshqadamlar "Real" va "Jirona"dan 7 ochko ortda qolgan holda 4-o'rinni egallab turibdi. Bugun tunda jamoa o'zi bilan teng ochko jamg'argan "Atletiko"ga qarshi bahs olib boradi.
"Bu erdagi faoliyatim xavf ostida qolmagan. Klub prezidenti va Dekuning menga bildirayotgan ishonchidan mamnunman. Ushbu mavsum ajoyib o'tishiga ishonaman.
Jamoa kutilganidan ko'ra yomonroq o'ynamoqda, shu sababli kerakli natijalarga erisha olmayapmiz. Barqaror bo'lishimiz, ko'p jihatlarimizni yaxshilashimiz kerak. O'tgan vaqt davomida ko'plab yaxshi ishlarni bajardik, endi o'yin sifatimizni ham yaxshilashimiz kerak. SHu orqali natijalar ham keladi", - dedi Xavi.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar