06 may 16:38
Yangiliklar
Futbol
Xavi "CHelsi"ni boshqarmaydi, klub boshqa uch nomzodga qiziqmoqda
"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi Angliyaga ko'chib o'tib, "CHelsi"ni boshqarishga tayyor.
Biroq London klubi ispaniyalik mutaxassis xizmatiga qiziqish bildirmayapti. Bu haqda jurnalist Ben Djeykobs o'zining X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, hozirda "CHelsi" Xabi Alonso, Marku Silva va Andoni Iraola nomzodlarini ko'rib chiqmoqda. Ushbu mutaxassislar "diqqat markazi"da.
Xavining so'nggi ish joyi "Barselona" bo'lib, u 2021–2024 yillarda jamoani boshqargan. Uning rahbarligida kataloniyaliklar Ispaniya chempioni va Superkubogini yutishgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar