12 fev 13:36
Yangiliklar
Futbol
Xavi "Granada" bilan o'yindagi durangga izoh berdi
Kecha “Barselona” klubi o'z maydonida La Liganing 19-jamoasi - "Granada" bilan durang o'ynadi.
Uchrashuv yakunlanganidan so'ng Kataloniya klubi bosh murabbiyi Xavi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
“Biz juda qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. Hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirishimiz ham mumkin edi, ammo bugun “Granada” yaxshi harakat qildi. Bugun bizga hujumda tezlik etishmadi. Biz harakat qildik, ammo himoyalanishda raqibimizga ko'p sovg'alar berdik.
CHempion bo'lish endi juda qiyin. Bugungi holatdan so'ng biz qo'shimcha yana ikki ochko ortda qola boshladik. Biroq biz oq bayroq ko'tarish niyatida emasmiz. Etakchilar bilan farq katta, ammo imkonsiz ishning o'zi yo'q. Bugun g'alaba uchun yaxshi imkoniyatga ega edik, lekin bugun bizning kun emas ekan”, — dedi Xavi.
Havola :
Fikrlar