27 apr 17:24
Yangiliklar
Futbol
Xavi: "Hech qachon o'zimni "Oltin to'p"dan mahrum qilingan, deb hisoblamaganman"
"Barselona" sobiq futbolchisi Xavi 2010 yilgi "Oltin to'p" mukofoti haqida gapirdi.
"Messi mendan yaxshiroq o'yinchi, bunga shubha yo'q, taqqoslash bemanilik. U 2010 yilgi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan zahotiyoq adolat qaror topganini his qilganman. Hech qachon o'zimni "Oltin to'p"dan mahrum qilingan, deb hisoblamaganman”, – dedi Xavi.

Eslatib o'tamiz, Xavi 2010 yilgi "Oltin to'p" marosimida uchinchi o'rinni egallagan. Uning jamoadoshi Inesta esa ikkinchi pog'onani band etgan.
2010 yilda Xavi Ispaniya terma jamoasi bilan Jahon chempionatida g'olib chiqqan va mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan individual mukofotni qo'lga kiritish uchun favoritlardan biri hisoblangan.
Havola :
Manba : Sportskeeda
Fikrlar