16 sen 11:17
Yangiliklar
Futbol
Xavi "Real", "Manchester Siti" va MYUdagi jarohatlar haqida gapirdi
Xavining fikricha, bugungi kunda futbolchilarga bo'lgan yuklama juda yuqori.
Pedrining jarohati sabab, "Barselona" murabbiyidan klubda jarohatlardan qochish bo'yicha reja bor-yo'qligi haqida so'rashdi.
"Reja barchada bor, ammo sportda talab yuqori. Faqatgina Pedri emas, Vinisius Junior ham jarohatlangan, "Real"ning ikki futbolchisida tizzaning xochsimon bog'lamalarida jarohat bor, "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" vakillarida ham jarohat...
Jarohatlar butun dunyoda va barcha sport turlarida bor. Taqvim shu qadar zichki, yakunda organizm bunga bardosh bera olmaydi va muammolar boshlanadi.
Pedri bo'yicha ehtiyot bo'lamiz.
Jarohatlarni kamaytirishga muvaffaq bo'ldi. Men shifokor va fizioterapevtlardan hayratdaman. Ular juda zo'r ishlashmoqda", - dedi Xavi.
Havola :
Manba : Marca
Fikrlar