14 apr 09:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Xayme Mungia chempionlik kamarini himoya qildi
Hozirgina Meksikada professional boks kechasi o'z nihoyasiga etdi.
Oqshomning markaziy jangida birinchi o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Xayme Mungia ringga ko'tarildi. Meksikalik 22 yoshli Xaymening raqibi irlandiyalik 34 yoshli Dennis Xogan bo'ldi.
Murakkab va qiyin kechgan 12 raundlik jang yakunida Mungia hakamlarning qaroriga ko'ra g'alaba qozonib, chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi. Hakamlardan biri jang 114-114 hisobidagi durang bilan tugaganini etirof etdi. Qolgan ikki hakam 115-113 va 116-112 hisobidagi g'alabani chempionga taqdim etishdi.
Havola :
Fikrlar