08 okt 15:46
Yangiliklar
Xayme Mungiyaga O'zbekistonda jang o'tkazish taklif qilindi
Uning aytishicha, jang qisqa muddatda, to'liq tayyorgarliksiz, WADA testisiz va hatto gonorarsiz o'tkazilishiga ham rozi bo'lgan. SHunga qaramay, Mungiya hozircha jang qilishdan bosh tortmoqda.
"Biz bu jang amalga oshishi uchun barcha shartlarga rozi bo'ldik. Men qisqa muddatda, to'liq tayyorgarliksiz, hatto WADA testisiz va gonorarsiz ham jang qilishga tayyor ekanimni aytdim. SHunga qaramay, Mungiya hali ham men bilan jang qilishdan bosh tortyapti", — deydi Bektemir.
Bokschi o'zini WBA majburiy davogari ekanini takidlab, chempion majburiy jangni o'tkazmasa, tashkilot tomonidan nega chora ko'rilmayotgani haqida savol qo'ydi.
Uning so'zlariga ko'ra, Mungiya jang uchun ko'proq gonorar talab qilayotgani haqida malumot bor.
"Agar muammo pulda bo'lsa — O'zbekistonga kel. Jangni shu erda o'tkazamiz, kerak bo'lsa senga qo'shimcha pul ham beramiz", — deya o'z fikrini bildirgan Meliqo'ziev.

Fikrlar