08 noy 08:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Xey Belyu bilan revansh uchun yaxshigina vazn tashlamoqchi
Professional boksning ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Devid Xey dekabr oyida Toni Belyuga qarshi o'tkazadigan revansh jangida vaznini sezilarli darajada tashlamoqchi.
SHu yilning mart oyida bokschilar o'rtasida o'tkazilgan ilk jangda Xey jarohat olgan va buning natijasida ikki bor nokdaun holatiga tushib qolib, o'n birinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgan edi. Xey o'sha mag'lubiyatini aynan vaznining ortib ketgani bilan izohlayapti.
Britaniyalik bokschi 2016 yilda 4 yillik tanaffusdan
so'ng faoliyatini qayta tiklagan edi. O'shanda u 102-103 kg vazn toifasiga ega
bo'lgan holatda ringga ko'tarilgandi. Bu uning odatiy vaznidan 5-8 kilogrammga
og'ir deganidir.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar