21 noy 08:23
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/23068_220.jpg)
Xey jarohat oldi, Bellyu bilan revansh kelasi yili o'tkaziladi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Devid Xey (28-3, 26 KO) mashg'ulot chog'ida kutilmaganda qo'lidan jarohat orttirib oldi.
Buning natijasida britaniyalik bokschining 17 dekabr kuni London shahrida hamyurti Toni Bellyu (29-2-1, KO)ga qarshi o'tkazilishi belgilangan revansh jangi bekor qilindi.
Xeyning aytishicha, revansh jangi 2018 yilning 24 mart
yoki 5 may sanasida o'tkaziladi. SHu yilning mart oyida o'tkazilgan ilk jangda Toni
Bellyu raqibini 11-raundda texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar