27 mar 17:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn Usik va Joshua o'rtasidagi revansh haqida gapirdi
Promouter Eddi Xirn Aleksandr Usik va Entoni Joshua o'rtasidagi revanshga tayyorgarlik haqida gapirdi.
"Ushbu jang iyun oyida bo'lishini kutyapman. Bu Entonining keyingi jangi bo'ladi. SHu sababli u xursand. U tayyor.
Hozir jangning manzili bo'yicha Aleksandr Krasyuk bilan ishlayapman.
Umid qilamanki, kelasi hafta bir necha tafsilotlarni elon qilishimiz mumkin", - dedi Xirn.
Bokschilar o'rtasidagi dastlabki jang 2021 yilning kuzida o'tkazilgan va o'shanda Usik ochkolar evaziga Joshuani mag'lubiyatga uchratgandi.
Havola :
Manba : The Guardian
Fikrlar