11 iyu 17:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Xirn Usikning qaytishini elon qildi
Britaniyalik taniqli promouter Eddi Xirn birinchi og'ir vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni Aleksandr Usikning mashg'ulotga qaytayotganini malum qildi.
Xirn ukrainalik bokschi bilan muzokaralarni boshlagan. Reja bo'yicha Usikning superog'iri vazn toifasidagi debyut jangi sentyabr oyida bo'lib o'tadi. Juda katta ehtimol bilan ilk raqib kamerunlik Karlos Takam, jangning o'zi AQSHda bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, aslida Usik 25 may Okson-Xill shahrida aynan Karlos Takamga qarshi ringga chiqishi kerak edi. Lekin Usikning kutilmagan jarohati sabab jang bekor qilingandi.
Havola :
Fikrlar